Yig'lagim kelyapti onam
Onajonim, yelkangizga boshim qo‘yib, To‘yib-to‘yib yig‘lagim kelyapti. Bu hayot qanchalar qiyin ekan, Chidolmay charchadim, onam. Yashiraman har doim ko‘z yoshimni, Yuragingiz ezilmasin deya. Lek to‘lgan ohu-faryodim, Yelkangizga boshim qo‘yib yig‘lagim kelyapti, onam. Baqirgim keladi: “Charchadim!” deb, Ammo tik turish kerak bu hayotda. Shunday bosadi ko‘z yoshlarim, Yig‘lasam, olam daryodek to‘lar go‘yo. Bejiz emas bu yoshlarim, Demak, uyg‘onyapti vijdonim. Tanidim kim do‘st, kim dushmanim, Hammasidan charchab yig‘lagim kelyapti, onam.
Ad
Poetry Books 50% Off
Bestselling collections from top poets
Shop Now →
