Yangi tanish, yaqin do'st..
Yana bir tanish topdim yaqinda, So‘zlari samimiy, qalbi pok unda. Sezdim, yaqin insonlarimdan biri, Hurmatim cheksiz bo‘ldi shu kundan beri. Xarakteri menga juda yoqdi, rosti, Soxtalik yo‘q unda, hammasi chin, sof. Ichida nima bo‘lsa, aytadi ochiq, Yashirib yurishni bilmaydi, unda yo‘q bunday odat. Tanishganimizga hali ko‘p vaqt bo'lmadi, Lekin bo‘ldik opa-uka, qadimdan yaqindek go'yo. Oramizda yo‘q hech qanday yomon so‘z, Faqat hurmat, ishonch, eng toza tuyg‘u, eng rosti shudir. So‘nggi kunlar bizni yaqinlashtirdi, Oddiy tanishlikdan ko‘proq his qildirdi. Quloqchin sabab bo‘ldi shu tanishuvga, Bo‘lmaganda balki uchrashmasdik bu yo‘lda.
Ad
Poetry Books 50% Off
Bestselling collections from top poets
Shop Now →
