So‘zlar menga panoh..
O‘ylarimni ko‘chiryapman qog‘ozlarga, Qarasam, shoira bo‘lib qolgan ekanman. Ko‘plar so‘raydi: qaydan bu ilhomlar? She’r yozishga moyilligim bordir, balki. Ma’no qidirdim har yozgan she’rimdan, Har bir jumlasin yaxshilashga urindim. Topolmasangiz mazmunin she’rimdan, Unda eshiting yurak faryodim. Oldinlari hammasi boshqacha edi, Hatto she’r nima — bilmasdim o‘shanda. Hozir esa qarang ahvolimga, Yozishni sevib qoldim shu kunlarda. Yozgan har bir satrim chiqadi yurakdan, Shu satrlar orqali aytaman holimni. Yozishni shunchaki aylantirdim sevinchga, She’rlarimdagi har bir timsol ta’riflar meni.
Ad
Poetry Books 50% Off
Bestselling collections from top poets
Shop Now →
