Oson emas ekan..
Oson emas ekan yashash bu dunyoda, Oson emas ekan tik tutib yurish qaddini. Oson emas ekan gap-so‘zlarga boqmay yashash, Oson emas ekan qattiq turib, sinmasdan yurish. Yashayapmiz, orzular bo‘lmasin armon deya, Ota-onam ishonchini oqlayin deya. Sabru qanoatni mahkam tutdik qo‘lda, Lekin bari-bir oson emas ekan yashash bu dunyoda. Onam der: kibranma qizim, Otam der: ishonchimiz sensan qizim. Harakat qilamiz, topaylik rozilik deya, Lekin bari-bir oson emas ekan yashash bu dunyoda. Mehnatimiz albatta berar mevasin, Ammo yo‘llar og‘ir ungacha. Onamsiz, otamsiz yo‘qdir tayanchim, Biling, oson yashash yo‘q bu dunyoda.
Ad
Poetry Books 50% Off
Bestselling collections from top poets
Shop Now →
