Oson emas ekan..
Oson emas ekan yashash bu dunyoda, Oson emas ekan tik tutib yurish qaddini. Oson emas ekan gap-so‘zlarga boqmay yashash, Oson emas ekan qattiq turib, sinmasdan yurish. Yashayapmiz, orzular bo'lmasin armon deya, Ota-onam ishonchin oqlayin deya. Sabr qanoatini mahkam tutdik qo'lda, Lek bari-bir oson emas ekan yashash bu dunyoda. Onam der: kibrlanma qizim, Otam der: ishinchimiz sensan qizim. Harakat qilamiz, topaylik rozilik deya Lek bari-bir oson emas ekan yashash bu dunyoda. Mehnatimiz albat berar mevasin, Ammo yo'llar og'ir ungacha. Onamsiz, otamsiz yo‘qdir tayanchim, Biling, oson yashash yo‘q bu dunyoda. By Mashhura Saidmatova
Ad
Poetry Books 50% Off
Bestselling collections from top poets
Shop Now →
