Navro'z muborak
Qarang, mana yana kelibdi bahor, Quvnoq fasllar aro yashnar diyor. Hatto sezmay qolibmiz — Navro‘z kelganin, Milliylik ramzi bo‘lgan ayyom yetganin. Oldinlari oylar, kunlar sanab kutardik, “Navro‘z qachon kelar?” deya o‘ylardik. Lekin yoshimiz oshgan sari asta, Sezmayapmiz qanchalik tez kelishin, rostda. Navro‘z asli qanday bayram, bilasizmi? Navro‘z birlashtirar qalblarni — his etasizmi? Yoritib yuborar eng chuqur ko‘ngillarni, Mehrga to‘ldirar barcha insonlarni. Sumalaksiz Navro‘z bo‘larmikan hech? Tasavvur qilganmisiz buni bir bora? Navro‘z ayyomi bilan sumalak birga, Bezar dasturxonni fayz-u nur ila. Bahorni sog‘ingan barcha qalblar, Topsin huzur shu Navro‘z onlarda. Sizga samimiy tilagim ila, Navro‘z ayyomingiz bo‘lsin muborak!
Poetry Books 50% Off
Bestselling collections from top poets
