Kulib turar ekan ba'zi odamlar
Kulib turar ekan ba'zi odamlar, Yuzidan kulgusi arimas aslo. Ichida bo'ron bor, yuzida samimiyat, Go'yo tashvish nima, bilmagandek ular. Ko'zlari kuladi, ich-ichidan yonib, Tashqaridan qarasang, hammasi yaxshi. Ammo qorong'u kechalar yig'lar ilojsiz, Hech kim sezmagan tuyg'ular bag'rida. Kulguni niqob qilish hammaga emas, Faqta kuchli inson ko'rsatmas dardini. Eng ko'p kulganlar, ishon, ko'pincha Eng ko'p yuqilgan inson bo'lar aslida. By Mashhura Saidmatova
Ad
Poetry Books 50% Off
Bestselling collections from top poets
Shop Now →
