Bolaligimni sog'inib
Bolalik — deydi beg‘ubor onlardir, Vaqtimiz o‘tyapti, o‘tyapti umrimiz. Bolalik esa ketyapti, qaramay ortiga, Bizni katta-katta mas’uliyatlarga tashlayapti go‘yo. Bolalikda bilmasdik g‘am tashish nima, G‘amimiz birgina — qayerda o‘ynash edi, xolos. Oilamizda o‘tkazardik maroqli vaqtlarni, Do‘stlar bilan sho‘x-shodon kulgularni. Eslab-eslab na yig‘lashni, na kulishni bilaman, Akamlar bilan o‘tkazardim ko‘p vaqtimni har dam. Ammo endi qarang — yillar ichida, Ko‘rishamiz faqat sanoqli kunlarda. Ota-onam quchog‘ida katta bo‘ldim, Akamlarning mehri ila ulg‘aydim. Bilmasdim hech g‘am-tashvish nima, Faqat yashardim o‘ynab, kulib har kuni yana. Shu lahza juda sog‘inyapman o‘sha onlarni, Do‘stlarim bilan futbol o‘ynashlarni. Qumlarda yugurib, yumalab yerga, Eh... juda sog‘indim o‘sha damlarni. Bolalikda xohlardik tezroq katta bo‘lishni, Lekin bilmasdik ulg‘ayishning qiyinligini. Endi tushunyapman har bir so‘zni, Bolalik — eng go‘zal, qaytmas davr ekanligini.
Poetry Books 50% Off
Bestselling collections from top poets
